Nigerning qishloqlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni ortdi

Yakshanba kuni Tahoua mintaqasidagi Intazayana, Bakorat va Vistana qishloqlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda 137 kishi halok bo‘ldi.

1606663
Nigerning qishloqlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni ortdi

Nigerning Mali chegarasidagi qishloqlarga qarshi uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlar soni 137 nafarga chiqdi.

Hukumatning Matbuot xizmati kotibi Zakaria Abdourahmane davlat telekanaliga mavzu haqida bergan bayonotida, haftaning yakshanba kuni Tahoua mintaqasidagi Intazayana, Bakorat va Vistana qishloqlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda 137 kishining halok bo‘lganini qayd etdi.

Halok bo‘lganlar soni eng avvalo 30 nafar deb ma’lum qilingandi.

Nigerda o‘tgan hafta ham Mali chegarasidagi Tillaberi mintaqasida hayvon bozoridan qaytgan tinch aholini tashigan avtobus hujumga uchrab, unda kamida 58 kishi halok bo‘lar ekan mamlakatda, 3 kun motam deb e’lon qilingandi.

Yanvar oyida ham mamlakatning g‘arbida o‘rin olgan Tchombangou va Zaroumdareye qishloqlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarda kamida tinch aholidan 100 kishi o‘ldirilgandi.

Sahel mintaqasida “3 ta mamlakat chegarasi” degan nom bilan tanilgan Burkino - Faso, Mali va Niger, oxirgi yillarda al - Qoida terror tashkilotiga qarashli guruhlar bilan DEASh terror tashkilotning hujumlariga ma’ruz qolmoqda.


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Nigeriya , #al -Qoida

Aloqador xabarlar