AQShdagi ota - onasiz yolg‘iz noqonuniy muhojir bolalar soni 15 ming nafardan oshdi

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ota - onasiz yolg‘iz noqonuniy muhojir bolalar soni 15 ming nafardan oshdi.

1605801
AQShdagi ota - onasiz yolg‘iz noqonuniy muhojir bolalar soni 15 ming nafardan oshdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Meksika chegarasidagi shtati Texasdagi nazorat ta’sislarida oxirgi vaqtlarda mamlakatga kirishga uringan noqonuniy muhojirlardagi ortish yuzasidan muammo tug‘ilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra eng ko‘p 72 soatlik nazoratlar uchun dizayn qilingan Bojxona va chegarani himoya qilish bo‘limiga oid ta’sislarda qariyb 5 ming ota - onasiz yolg‘iz muhojir bola o‘rtacha 136 soat ushlab turilgan.

O‘n sakkiz yoshdan kichik qariyb 10 ming 500 yolg‘iz bola esa Sog‘likni Saqlash vazirligiga oid jon saqlash ta’sislarida tutilgan.  

Qayd etilishicha fevral oyida rekort o‘rnatish darajasiga chiqqan 9 ming 400 bola yakka yolg‘iz AQShga noqonuniy yo‘llar orqali kirgan va bu raqamning bu oyda yana - da o‘sihshi tahmin qilinmoqda.  

Chegaradagi rasmiylar oxirgi 21 kunda kundalik o‘rtacha 500 dan ortiq ota - onasiz, yolg‘iz bolaning mamlakatga kirgani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #noqonuniy muhojir bolalar

Aloqador xabarlar