Shimoliy Koreya Malayziya bilan diplomatik aloqalarni to’xtatdi

Bayonotga ko’ra, bunga 2019 yili qo’lga olingan Shimoliy Koreya fuqarosi Mun Chol Myongning AQShga ekstraditsiya qilinishi sabab bo’lgan.

1604719
Shimoliy Koreya Malayziya bilan diplomatik aloqalarni to’xtatdi

 

Shimoliy Koreya hukumati Malayziya bilan diplomatik aloqalarni to’xtatganligini e'lon qildi.

Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, bunga 2019 yili qo’lga olingan Shimoliy Koreya fuqarosi Mun Chol Myongning AQShga ekstraditsiya qilinishi sabab bo’lgan.

“Begunoh Shimoliy Koreya fuqarosini AQShga ekstraditsiya qilgan Malayziya kechirib bo’lmaydigan qonunbuzarlikka yo’l qo’ydi. Shimoliy Koreya AQShning tazyiqlariga bo’yin egib, dushmanlarcha munosabatda bo’lganligi sababli Malayziya bilan diplomatik aloqalarni to’xtatganligini e’lon qiladi”,-deyiladi bayonotda.

Bundan keyin ikki mamlakat o’rtasida yuzaga keladigan hodisalardan Malayziya mas’ul ekanligi qayd etildi.

Malayziya oliy sudi 9 mart kuni Shimoliy Koreya fuqarosi tadbirkor Mun Chol Myongni “noqonuniy tashqi savdo faoliyati” bilan shug‘ullanganlikda ayblab, AQShga ekstraditsiya qilishga qaror qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Malayziya , #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar