Nigeriya shimolida o'quvchilarni o'g'irlash avj olgani tufayli 618ta maktab yopildi

Joriy yilning 17-fevral kuni Niger shtatida 27 nafar maktab o‘quvchisi o‘g‘irlab ketilgan. Ularning taqdiri hamon noma’lum. Shu sababli hukumat Sokoto, Zamfara, Kano, Katsina, Niger va Yobe shtatlaridagi jami 618 nafar maktabni yopishga qaror qildi.

1602033
Nigeriya shimolida o'quvchilarni o'g'irlash avj olgani tufayli 618ta maktab yopildi

 

Nigeriya shimolida avj olgan qurolli hujumlar tufayli 618ta maktab yopildi.

So‘nggi yillarda Nigeriyada odam o‘g‘irlash va fuqarolarga hujum qilishga qaratilgan harakatlar avj olib bormoqda.

2014-yil aprel oyida “Boko harom” jangarilari Borno shtatida 276 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan. Qizlarning 100 nafardan ko’pi xozirgacha topilmagan.

Shuningdek, 2018-yilda ham Nigeriyada “Boko harom” jangarilari 110 nafar maktab o‘quvchisini o’g’irlab ketgandi. 2020-yil dekabr oyida esa, Katsina shtatidagi maktabdan 344 nafar o‘quvchi o‘g‘irlab ketilgan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan. Xuddi shu yilning iyun oyida Nigeriya shimoli-sharqida sodir etilgan hujum oqibatida 60 kishi halok bo’lgan.

Qolaversa, joriy yilning 17-fevral kuni Niger shtatida 27 nafar maktab o‘quvchisi o‘g‘irlab ketilgan. Ularning taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Shu sababli hukumat maktab o’quvchilarini o’g’irlash holatlarini oldini olish maqsadida Sokoto, Zamfara, Kano, Katsina, Niger va Yobe shtatlaridagi jami 618 nafar maktabni yopishga qaror qildi.

Sokoto xavfsizlik boshqarmasi komissari Garba Moyia ma’lum qilishicha, mamlakat shimolida o’quvchilarni o’g’irlash holatlarini oldini olish uchun hukumat tomonidan maktablarni yopish haqida qaror olingan. Ushbu shtatlarda o’g’irlangan o’quvchilarni qutqarish uchun faoliyatlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Nigeriyada joriy yilning yanvar oyidan buyon 5 marta maktablardan o’quvchilarni o’g’irlash holati sodir etildi. Oxirgi marta Kaduna shtatida bir guruh qurolli jangarilar maktabga hujum qilib, uch nafar o’qituvchini o’g’irlab ketgandi.


Tanlangan kalimalar: #Boko Harom , #Nigeriya

Aloqador xabarlar