Blinken AQShning diplomatiyasi bilan Kipr muzokarasida bevosita ishtirok etishini bildirdi

Entoni Blinken, Vakillar palatasi Tashqi aloqalar qo‘mitasida Kipr muzokaralari jarayonini baholadi.

1599180
Blinken AQShning diplomatiyasi bilan Kipr muzokarasida bevosita ishtirok etishini bildirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken,

“Kiprda ikki xalq va mintaqani federatsiya sifatida birlashtiruvchi keng ko‘lamli shartnomani qo‘llab - quvvatlaymiz”. - dedi.

Entoni Blinken, Vakillar palatasi Tashqi aloqalar qo‘mitasida Kipr muzokaralari jarayonini baholadi.

Blinken, kelasi oyda Shveytsariyaning Jeneva shahrida Kipr masalasida bo‘lib o‘tadigan norasmiy yig‘ilish bo‘yicha AQSh yetakchiligining qanday munosabatda bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi.

Blinken unga,

“Kiprda ikki xalq va mintaqani federatsiya sifatida birlashtiruvchi keng ko‘lamli shartnomani kuchli ravishda qo‘llab - quvvatlaymiz. Birlashgan Millatlarning kritik roli ham doxil bu yo‘ndashuvni mustahkamlagan say - harakatlar tarafdorimiz”. - deya gapirdi.

Blinken AQShning diplomatiyasi bilan Kipr muzokarasida bevosita ishtirok etishini bildirdi.

Birlashgan Millatlar (BM) Bosh kotibi Antonio Guterres tomonidan 27 - 29 aprelda Jenevada Kipr masalasida uyushtirilishi rejalashtirilgan norasmiy yig‘ilishda, tomonlarning mushtarak muzokara zaminida kelishib - kelisholmasligi qo‘lga olinadi.


Tanlangan kalimalar: #Kipr muzokarasi , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar