Afg'oniston-Eron chegarasida yonilg'i tankeri portladi

Portlash oqibatida 60 kishi jarohatlandi, 500dan ortiq avtomobil yonib kulga aylangan. Tegishli vakillar millionlab dollar moddiy zarar yuzaga kelganligini aytmoqda.

1583316
Afg'oniston-Eron chegarasida yonilg'i tankeri portladi

 

Afg'oniston-Eron chegarasida yonilg'i olib ketayotgan tanker portladi.

Portlash oqibatida 60 kishi jarohatlandi. Bu voqea Eron chegarasi postida ro'y bergan.

Tankerning portlashi ortidan yuzaga kelgan shiddatli yong'in keng maydonni qamrab olgan. Tez yordam va o't o'chiruvchilar xizmati xodimlari yong'in tufayli voqea joyiga anchagacha yaqinlasha olmagan.

500dan ortiq avtomobil yonib kulga aylangan. Tegishli vakillar millionlab dollar moddiy zarar yuzaga kelganligini aytmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #tanker , #portlash , #Eron , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar