Ruhoniy, yadroviy kelishuvga kimning birinchi qadam tashlashi kerakligiga e’tibor qaratdi

Hasan Ruhoniy, Eron inqilobining 42 - yilligi munosabati bilan Tehrondagi elchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1580578
Ruhoniy, yadroviy kelishuvga kimning birinchi qadam tashlashi kerakligiga e’tibor qaratdi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) bilan bo‘lgan “yadroviy kelishuvga qaytish uchun birinchilardan bo‘lib kim qadam tashlaydi” bahsi ustidan,

“Kelishuvdan bosh tortgan tomon biz emasmizki, birinchi qadamni tashlaylik”. - dedi.

Eron inqilobining 42 - yilligi munosabati bilan Tehrondagi elchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan Ruhoniy, unda so‘zlagan nutqida, yadroviy kelishuv masalasini baholadi.  

Inqilobning 42 - yilligini Eron uchun muhim va tarixiy sana ekanini ta’kidlagan Ruhoniy, “Inqilobdan keyin bizga biri (Iroqning sobiq rahbari) Saddam (Husayn), ikkinchisi esa (sobiq AQSh rahbari Donald) Tramp tomonidan urush ochildi va biz ikkalasida ham g‘olib bo‘ldik”. - dedi.  

Ruhoniy yadroviy kelishuvga qaytish masalasida avvalom bor kimning qadam tashlashi kerakligi bo‘yicha,  

“Kelishuvdan bosh tortgan tomon biz emasmizki, birinchi qadamni tashlaylik. Bu ochiq - oydin o‘rtada. Kelishuvdan bosh tortgan va xalqaro tusdagi kelishuvlar talabiga javob bermagan holda xalqimizga har qanday zulumni ravo ko‘rganlar, yadroviy kelishuvga qaytgan birinchi tomon bo‘lishi kerak”. - deya gapirdi.

AQSh Davlat Rahbari Jo Bayden, uranni boyitish faoliyatlarini to‘xtatmagunga qadar Eronga nisbatan yo‘lga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilmasliklarini ma’lum qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Hasan Ruhoniy , #yadroviy kelishuv , #AQSh

Aloqador xabarlar