Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 4 mlnga yaqinlashdi

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 373 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 113 ming 465 nafarni tashkil qilmoqda.

1579174
Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 4 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 327 ming 360 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 106 mln 691 mingni tashkil qilmoqda. 78 mln 379 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 474 ming 933 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 27 mln 611 ming 400 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 373 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 113 ming 465 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 3 mln 945 ming 680 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 15 ming 845ta yangi holat qayd etildi.  Britaniyada COVID-19ga qarshi vaksinaning ilk dozasini qabul qilganlar soni 12 mln 14 ming 288 nafarga yetdi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 270 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 91 ming 273 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 11 ming 641 kishiga oshib, 2 mln 636 ming 738 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada so’nggi bir kunda 171 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 78 ming 965 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 19 ming 715 kishiga oshib, 3 mln 337 ming 48 nafarni tashkil qilmoqda. Fransiyada olib borilgan anketaga ko’ra, aholining 71 foizi hukumatni koronavirusga qarshi o’z vaqtida va tog’ri qaror olmaganlikda ayblamoqda.

Peru Xitoyning dori firmasi “SinopHarm” tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinadan 300 ming doza sotib oldi. Vaksina mamlakatga yetib bordi.

“Biz uchun hayotini xavf ostiga qo’ygan va old saflarda kurashayotganlarga ilk dozani emlashga tayyormiz”,-deb aytgan Peru davlat rahbari twitterdagi sahifasida.

Shu kungacha Peruda 42 ming 308 kishi koronavirus qurboniga aylandi. kasallanganlar soni 1 mln 186 ming 698 nafarni tashkil qilmoqda.

 



 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar