Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2.5 mlnga yaqinlashdi

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 452 ming 279 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 26 mln 767 mingdan oshdi.

1574884
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2.5 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 238 mingga yaqinlashdi. Virus bilan kasallanganlar soni 103 mln 528 mingni tashkil qilmoqda. 75 mln 130 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 452 ming 279 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 26 mln 767 mingdan oshdi.

Braziliya koronavirusdan o’limlar soni bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turibdi. Mamlakat miqyosida koronavirusdan vafot etganlar soni 224 ming 534 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 9 mln 204 mingni tashkil qilmoqda.

Meksikada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 158 ming 536 nafarga yetdi. Virusdan kasallanganlar soni 1 mln 864 mingdan ko’proq.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 587 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 106 ming 158 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 3 mln 817 ming 176 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 21 ming 88ta yangi holat qayd etildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakat bo’ylab vafot etganlarning umumiy soni 88 ming 516 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 2 mln 553 mingni tashkil qilmoqda.

Fransiyada so’nggi bir kunda 195 bemor koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 76 ming 57 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 19 ming 235 kishiga oshib, 3 mln 197 ming 114 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 58 ming 319 nafarga yetdi. Mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 2 mln 830 mingni tashkil qilmoqda.

Germaniyada koronavirus qurbonlari soni 57 ming 777 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 2 mln 225 mingni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar