Madriddagi portlashda 2 kishi halok bo‘ldi

Ispaniya poytaxti Madriddagi portlashda 2 kishi halok bo‘ldi.

1567810
Madriddagi portlashda 2 kishi halok bo‘ldi
ispanya.jpg

Ispaniya poytaxti Madridda, shahar markazidagi binolardan birida yuz bergan portlash oqibatida ilk aniqlashlarga ko‘ra 2 kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy vaqt bilan soat 15:00 (Turkiya vaqti bilan soat 17:00) chog‘larida Madrid markazidagi Puerto de Toledo mahallasidagi bir binoda portlash yuz berdi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqagan tasvirlarga ko‘ra, portlash ta’sirida binoga katta ziyon yetgan.

Ikki kishining halok bo‘lgani qayd etilgan voqeada, guvohlarning aytishicha ko‘plab tan jarohati olganlar bor.

Portlash yuz bergan bino oldida to‘xtab turgan transportlarning yirik qismi ziyon ko‘rgan voqea joyida, o‘t o‘chiruvchi va tibbiy xodimlarning xavfsizlik uchun chora ko‘rgani bildirdildi.

Binoning oldida keksalar uyi, maktab va cherkov borligi ifoda etildi.

Mahalliy matbuotda o‘rin olgan ma’lumotga ko‘ra, portlashning gaz oqishi natijasida kelib chiqan bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Madrid , #portlash

Aloqador xabarlar