Dunyoda 86 milliondan ortiq kishining o‘ziga Covid - 19 yuqtirib olgani qayd etildi

Dunyoda 86 milliondan ortiq kishining o‘ziga yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) yuqtirib olgani qayd etildi.

1557731
Dunyoda 86 milliondan ortiq kishining o‘ziga Covid - 19 yuqtirib olgani qayd etildi
koronavirus filistin.jpg
abd koronavirus.jpg
koronavirus hidroklorin.jpg

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 863 ming 915, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 86 million 250, sog‘ayib ketganlar soni esa 61 million 197 ming nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiyaning epitsentriga aylangan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da Covid - 19 dan halok bo‘lganlar soni 362 ming 130 nafar bo‘ldi. O‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 21 million 354 ming 933 nafar deb qayd etildi. Viskonsin shtatida koronavirus vaksinasi dozalarini sabotaj qilish aybidan nazorat ostiga olingan farmasevt Stiven Brandenburg, “Vaksinaning xavfli ekaniga ishonch xosil qilganim uchun shishalarni buzdim”. - deb aybini bo‘yniga oldi.  

Britaniyada virus tufayli oxirgi 24 soatda 407 kishi halok bo‘ldi. Roppa - rosa 58 ming 784 yangi holat aniqlandi. Pandemiyadan vafot etganlar soni 75 ming 431, kasallanganlar soni esa 2 million 713 ming 563 nafarni tashkil etgan mamlakatda, yangi turdagi koronavirusning yana da tez yoyilgan turining holat sonining ortishiga yo‘l ochishi yuzasidan, uchinchi marotaba karantin e’lon qilindi. Bosh vazir Boris Johnson xalqqa murojaatida, olimlarning bu turning 50 - 70 foiz yana - da yuqumli ekaniga ishonch xosil qilganini qayd etdi. Karantinning kelasi oy o‘rtalarigacha davom etishi rejalashtirilmoqda.

Fransiyada Covid - 19 tufayli oxirgi 24 soatda 380 kishining vafot etishi bilan qurbonlar soni 65 ming 415 nafarga chiqdi. Mamlakatda huddi shu vaqt mobaynida virus aniqlangan kishilar soni 4 ming 22 nafarga ko‘payib, 2 million 659 ming 750 nafarga yetdi. Sobiq Sog‘likni Saqlash vaziri Xavier Bertrand, vaksina jarayoning asta ilgarilashi va noaniqligi tufayli Prezident Emmanuel Makronni tanqid qildi.

Covid - 19 dan eng ko‘p ziyon ko‘rgan mamlakatlardan Italiyada virusdan 75 ming 680 kishi vafot etdi. Mamlakatda 2 million 166 ming 244 kishiga virus yuqdi. Italiyada Covid - 19 vaksinasidan foydalanganlar soni 150 ming nafardan oshdi.

Germaniyada oxirgi 24 soatda 944 kishining o‘ziga virus yuqtirib olishi bilan qurbonlar soni 33 ming 219 nafarga yetdi. Mamlakatda huddi shu vaqt mobaynida yana 11 ming 897 kishiga Covid - 19 tashhisi qo‘yildi. Bu orqali holat soni 1 million 799 ming 230 nafarga yetdi.  

Covid - 19 dan 2 ming 521 kishi vafot etgan, 188 ming 99 kishi o‘ziga virus yuqtirib olgan Slovakiyada Covid - 19 ning Britaniyada uchragan turi kuzatildi.

Yevropada pandemiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan davlatlardan yana biri Belgiyada esa bugungacha 19 ming 750 kishi vafot etdi. Mamlakatda 650 ming 887 kishi virusga chalindi. Belgiyada yangi turdagi koronavirusga qarshi Pfizer bilan BioNTech shirkatlari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina orqali emlash ishlari boshladi.

Braziliyada oxirgi 24 soatda 543 kishining Covid - 19 dan vafot etishi bilan qurbonlar soni 196 ming 591 nafarga yetdi. Mamlakatda huddi shu vaqt mobaynida 20 ming 6 yangi holat aniqlandi. Bu orqali Covid - 19 bilan kasallanganlar soni 7 million 754 ming 560 nafarni tashkil etdi.

Pandemiyadan 127 ming 757 kishi vafot etgan va 1 million 455 ming 219 kishi o‘ziga virus yuqtirib olgan Meksikada hukumat, (Britaniyadagi) Oksford universitetining dori - darmon shirkati AstraZeneka hamkorligida ishlab chiqarilgan Covid - 19 vaksinasidan tezlik bilan foydalanilishiga ruxsat berdi.

Peruda bugungacha Covid - 19 dan 37 ming 873 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari 1 million 21 ming 58 holat aniqlandi. Mamlakatda ko‘chaga chiqish haqidagi cheklovlar keng tus oldi. Bu asosda virusning yuqish xavfini kamaytirish maqsadida bugundan e’tiboran mamlakatga kirgan yo‘lovchilar 14 kun, majburiy tarzda karantinda bo‘ladi.  

Kolumbiyada oxirgi 24 soatda 222 kishi virusdan halok bo‘ldi. Bu orqali mamlakatdagi koronavirus qurbonlari soni 44 ming 187 nafar deb qayd etildi. Mamlakatdagi holat soni bir sutkadagi 9 ming 824 nafarlik ortish bilan 686 ming 131 nafarga chiqdi. Poytaxt Bogotada ortgan holatlar soni tufayli avval ham e’lon qilingan ko‘chaga chiqish cheklovlari keng tus oldi. Sog‘likni Saqlash vazirligi shaharda, 17 - yanvargacha mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 05:00 gacha ko‘chaga chiqishlarning man etilganini ma’lum qildi. Savdo markazlarida faqatgina dorixona va asosiy ehtiyoj ashyolari sotgan do‘konlar ochiq qoladi.

Argentinada oxirgi 24 soatda 152 kishining vafot etishi bilan Covid - 19 qurbonlari soni 43 ming 634 nafarga chiqdi. Mamlakatda 8 ming 222 kishida virus aniqlanar ekan bu orqali holatning umumiy soni 1 million 648 ming 940 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar