Hindistonda dafn marosimi vaqtida fojia ro’y berdi

Dafn marosimiga kelgan olomon yomg’irdan qochib saqlangan beton tom qulab tushgan va 23 kishi fojiali jon bergan.

1556789
Hindistonda dafn marosimi vaqtida fojia ro’y berdi

 

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida joylashgan Gaziabad shahridagi dafn marosimida fojia ro’y berdi.

Dafn marosimiga kelgan olomon yomg’irdan qochib saqlangan beton tom qulab tushgan va 23 kishi fojiali jon bergan.

Mahalliy matbuotda tarqalgan xabarlarga ko’ra, 38 kishi beton bloklar tagida qolib ketgan.

Qutqaruvchilar harobalar tagidan 23 kishining jasadini olib chiqishgan. Yaradorlar shifoxonalarga olib ketilgan. Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va bosh vazir Narendra Modi fojia yuzasidan hamdardlik bildirgan. Uttar-Pradesh shtati hokimi jabrlangan oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni buyurgan. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Uttar-Pradesh , #Hindiston

Aloqador xabarlar