Yevropada koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalmoqda

Koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi virusning dastlabki variantidan yana 70 foizga yuqumliroq hisoblanadi. Shu sababli, Britaniya, Niderlandiya, Daniya va Avstraliya kabi mamlakatlarda koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.

1548763
Yevropada koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalmoqda

 

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Britaniyadan so’ng, Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham koronavirusning yana ham tezroq tarqaluvchi yangi turi aniqlanganini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Niderlandiyada dekabrda olingan test namunalarida Britaniyada kuzatilayotgan koronavirusning yangi turi aniqlangan. Hozirda mutahassislar koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi ustida ish olib bormoqda.

Avvalroq, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirusning yangi turi aniqlanganini ma'lum qilgandi.

Uning ta’kidlashicha, koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi virusning dastlabki variantidan yana 70 foizga yuqumliroq hisoblanadi. Shu sababli poytaxt London va mamlakatning janubi-sharqida 20 dekabrdan boshlab koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytirildi.


Tanlangan kalimalar: #Britaniya , #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar