Vladimir Putin Jo Baydenni saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenga yangi lavozimda katta muvaffaqiyatlar tilagan.

1545926
Vladimir Putin Jo Baydenni saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenni saylovdagi ustun g’alabasi bilan tabrikladi.

Ria Novosti xabar agentligi Vladimir Putin Jo Baydenga tabrik yo’llaganligini ma’lum qildi.

Putin tabriknomada saylangan prezident Jo Baydenga yangi lavozimda katta muvaffaqiyatlar tilagan hamda global xavfsizlik va barqarorlik uchun alohida mas'uliyatni zimmasiga olgan Rossiya va AQSh o‘zaro kelishmovchiliklarga qaramay, ko‘plab muammolarni hal qilishga qodir ekanligiga ishonch bildirgan.

Ta’kidlash joizki, AQShda saylov g‘olibini rasman tasdiqlovchi vakillar kengashi kecha,14 dekabr kuni ko‘pchilik ovoz bilan demokrat Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovlarining g‘olibi deya tasdiqladi.

Bunga ko’ra, Baydenga 306 saylovchi, Trampga 232 saylovchi ovoz berdi. G‘alaba uchun 270ta ovoz yetarli edi.  6-yanvar kuni bu natija senat va vakillar palatasining qo‘shma majlisida tasdiqlanadi. 20-yanvar kuni Jo Baydenning inauguratsiya marosimi bo’lib o’tadi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar