Rossiya AQSh tomonidan Turkiyaga berilgan sanksiyaga munosabat bildirdi

“AQSh Turkiyaga sanksiya qo’llash bilan xalqaro huquqni mensimaganligini namoyon qildi”,-dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

1545486
Rossiya AQSh tomonidan Turkiyaga berilgan sanksiyaga munosabat bildirdi

 

Rossiya AQSh tomonidan Turkiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyaga munosabat bildirdi.

“AQSh Turkiyaga sanksiya qo’llash bilan xalqaro huquqni mensimaganligini namoyon qildi”,-dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Lavrov bu so’zlarni Bosniya-Gersegovinaga tashrifi chog’ida o’tkazilgan matbuot anjumanida tilga oldi.

AQSh sanksiyalarni qo’pol ravishda qo’llayotganiga e’tibor qaratgan Lavrov shunday dedi:

“AQSh Turkiyaga sanksiya qo’llagan holda xalqaro huquqni mensimasligini ko’rsatdi. Albatta, bu harakat nafaqat ikki davlat o’rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikka, balki xalqaro maydonda mas’ul davlatlardan biri AQShga bo’lgan ishonchga putur yetkazadi”,-dedi.

Ta’kidlash joizki, AQSh Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilganligi sababli Turkiyaga sanksiya berishga qaror qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #sanksiya , #AQSh , #Turkiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar