AQShda koronavirus qurbonlari soni 300 mingga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 576 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 69 mln 262 mingni tashkil qilmoqda. 48 mln 19 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1543032
AQShda koronavirus qurbonlari soni 300 mingga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 576 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 69 mln 262 mingni tashkil qilmoqda. 48 mln 19 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 296 ming 715 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 15 mln 822 ming 331 nafarni tashkil qilmoqda.

Virusning tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini davom etmoqda.

Fransiyada so’nggi bir kunda 296 bemor koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 56 ming 648 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni 2 mln 324  ming 216 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Ispaniyada COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 47 ming 19 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 715 mingni tashkil qilmoqda.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 70 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 5195 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 332 mingdan oshdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 4097ta yangi holat qayd etildi.

Ba’zi davlatlarda koronavirusdan o’limlar soni quyidagicha;

Braziliya (179 ming 32), Meksika (111 ming 655), Buyuk Britaniya (62 ming 566), Italiya (61 ming 739), Argentina (40 ming 222), Kolumbiya (38 ming 308), Peru (36 ming 455), Polsha (21 ming 160), Germaniya (20 ming 704), Belgiya (17 ming 603), Chili (15 ming 690), Ukraina (14 ming 204), Ekvator (13 ming 814), Kanada (12 ming 983), Ruminiya (12 ming 821).


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19 , #AQSh

Aloqador xabarlar