Makron bugun Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashadi

Elysee saroyida bo’lib o’tadigan uchrashuvda ikki davlat munosabatlari, terrorizmga qarshi kurash, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Liviya, Livan, Iroq, Eron va Turkiya bilan bog’liq masalalar muhokama qilinadi.

1540809
Makron bugun Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashadi

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bugun Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashadi.

Elysee saroyida bo’lib o’tadigan uchrashuvda ikki davlat munosabatlari, terrorizmga qarshi kurash, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar, Liviya, Livan, Iroq, Eron va Turkiya bilan bog’liq masalalar muhokama qilinadi.

Ta’kidlash joizki, 18ta xalqaro tashkilot, jumladan Xalqaro amnistiya tashkiloti, Inson huquqlari kuzatish tashkiloti, Inson huquqlari ligasi va Misrdagi ba’zi tashkilotlar Makrondan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga mamlakatda noqonuniy ravishda qo’lga olingan inson huquqlari faollarini ozod qilish bo’yicha tazyiq o’tkazishni talab qilgandi.

Avvalroq, Fransiya tashqi ishlar vaziri Jean-Yves Le Drian ham Parijda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashdi. Uchrashuv tafsilotlari haqida ma’lumot berilmadi.



Aloqador xabarlar