NATO TIV yig‘ilishida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyat kun tartibiga olib chiqildi

NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyat ham kun tartibiga olib chiqildi.

1537976
NATO TIV yig‘ilishida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyat kun tartibiga olib chiqildi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg,

Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi voqea va baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun joriy etilgan mexanizmning faolligini va buni mustahkamlash niyatida ekanliklarini bildirdi.

Stoltenberg, videokonferensiya orqali uyushtirilgan NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishining birinchi kunidagi majlis ortidan matbuot anjumani o‘tkazdi.

Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyatning ham kun tartibiga olib chiqilganini esaltib o‘tgan Stoltenberg, Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasida noxush voqea va baxtsiz xodisalarning oldini olish maqsadida NATO tomonidan ajratish usullari mexanizmi joriy etilganini va ba’zi mashg‘ulotlarnig o‘zaro bekor qilinganini yodga soldi.

Stoltenberg,

“Bularning hammasi o‘tirib qo‘lga olganimizda taranglikni kamaytirish uchun ishonch orttiruvchi choralar ko‘ra olishimiz ko‘rsatkichidir. Mexanizm joriy etildi, faol. O‘zaro ma’lumot almashilmoqda, aloqa kanali ochiq. NATOdagi mexanizmni yana – da mustahkamlash uchun tayyor ekanimni ikkala vazirga ham yetkazdim. Buni amalga oshirolamiz chunki bu yerda, NATOda har kuni uchrashyapmiz”. – deya gapirdi.

Ikki mamlakat o‘rtasida NATOdagi texnik uchrashuvlar bo‘lib o‘tganini eslatib o‘tgan Stoltenberg, eng asosiy muammolarning hal qilinishi masalasida Germaniya yetakchiligidagi tashabbuslarni qo‘llab – quvvatlaganliklarini, NATOdagi joriy etilgan mexanizmning bunday tashabbuslarga yordam berishini qayd etdi.



Aloqador xabarlar