Germaniyada Covid - 19 o‘lim holatidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1.5 millionga yaqinlashdi.

1538187
Germaniyada Covid - 19 o‘lim holatidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 487 ming 900, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 64 million 246 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 44 million 492 ming nafarni ortda qoldirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da pandemiyadan vafot etganlar soni 276 ming 979 nafarga yetdi. Mamlakatda kasallanganlar soni esa 14 million 108 ming 606 nafar deb qayd etildi. AQShda Covid – 19 ga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalarning avvalom bor tibbiy xodimlar va keksalar uyidagilar uchun tarqatilishi ma’lum qilindi. 

Britaniyada Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda 603 kishi vafot etdi va bu orqali mamlakatda Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni 59 ming 51 nafarga chiqdi. Huddi shu vaqt mobaynida 13 ming 430 Covid – 19 holati aniqlandi. Kasallanganlar soni esa 1 million 643 ming 86 nafarga yetdi. Parlament Covid – 19 ga qarshi ko‘rilgan chora va tadbirlar asosida yo‘lga qo‘yilgan karantinning ertaga, 3 – dekabr kuni yakun topishi ortidan 3 bosqichli yangi choralar haqidagi qarorni tasdiqladi.  

Italiyada oxirgi 24 soatda 758 kishi vafot etdi va bu orqali Covid – 19 tufayli vafot etganlarning umumiy soni 56 ming 361 nafar deb qayd etildi. Mamlakatda bir kunda 19 ming 350 kishining o‘ziga virus yuqtirib olishi bilan jami holat soni 1 million 620 ming 901 nafarni tashkil etdi.

Fransiyada Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda 365 kishining vafot etishi bilan ularning umumiy soni 53 ming 506 nafarga yetdi. Mamlakatda huddi shu vaqt mobaynida virus aniqlanganlar sonida 8 ming 83 nafar ortish kuzatilib, ular soni 2 million 230 ming 571 nafarga chiqdi.

Ispaniyada Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda 442 kishining vafot etishi bilan ularning umumiy soni 45 ming 511 nafarni tashkil etdi. Mamlakatda huddi shu vaqt mobaynida virus aniqlanganlar sonida 8 ming 257 nafar ortish kuzatilib, ular soni 1 million 656 ming 444 nafarga yetdi. Sog‘likni Saqlash vaziri Salvador Illa, senatdagi nutqida, “Ikkinchi tolqindagi virusni yengish arafasidamiz. Kasalxonada bemorlar soni kamaydi va yangi holatlar sonida ham pasayish kuzatildi. Lekin bu vaziyat tashvishdan qutildik degani emas”. – deya gapirdi.

Portugaliya Sog‘likni Saqlash vazirligi Covid – 19 tufayli oxirgi 24 soatda 72 kishining vafot etgani va 2 ming 401 yangi holat aniqlanganini ma’lum qildi. Malakatda Covid – 19 qurbonlari soni 4 ming 577, holat soni esa 300 ming 462 nafarga yetdi.

Germaniyada virus tufayli oxirgi bir kunda 487 kishining vafot etishi bilan pandemiya boshlagan birinchi kundan beri o‘lim holatidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Jami Covid – 19 qurbonlari soni 17 ming 123 nafarni tashkil etgan mamlakatda, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 1 million 84 ming 743 nafar.

Shveytsariyaning Jeneva shahridagi Press Emblem Campaign (PEC) nodavlat tashkiloti, mart oyidan beri dunyoning 56 davlatida qariyb 500 jurnalistning yangi turdagi koronavirus yuzasidan vafot etganini bildirdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Covid - 19 , #koronavirus

Aloqador xabarlar