Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 1 mlndan oshdi

Koronavirus pandemiyasining tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini boshlandi.

1516098
Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 1 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 159 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 43 mln 346 ming 888 nafarni tashkil qilmoqda. 32 mlnga yaqin bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 230 ming 510 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 8 mln 889 ming 179 nafarni tashkil qilmoqda.

Virusning tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini boshlandi.

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlari soni 44 ming 896 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 874 mingga yaqinlashdi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 37 338 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlarning umumiy soni 525 ming 782 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada COVID-19 tufayli so’nggi bir kunda 116 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 34 ming 761 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni so’nggi bir kunda 52 ming 10 kishiga oshib, 1 mln 138 ming 507 nafarni tashkil qilmoqda.

Niderlandiyada 7046 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Koronavirus bilan kasallanganlar soni 291 ming 254 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda qisman karantin joriy etilishiga qaramay, so’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 10 ming 203ta yangi holat qayd etildi.

Ba’zi davlatlarda COVID-19 tufayli qurbınlar soni quyidagicha;

Braziliya (157 ming 163), Meksika (88 ming 924), Peru (34 ming 149), Kolumbiya (30 ming 154), Argentina (28 ming 896), Chili (13 ming 944), Ekvator (12 ming 553), Belgiya (10 ming 810) va Germaniya (10 ming 138).


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar