Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mln 142 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 142 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 42 mln 3 mingni tashkil qilmoqda. 31 mln 190 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1514707
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1 mln 142 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 142 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 42 mln 3 mingni tashkil qilmoqda. 31 mln 190 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 228 ming 381 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 8 mln 661 mingni tashkil qilmoqda.

Virusning tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini boshlandi.

Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 189 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Koronavirusga chalinganlar soni 21 ming 242 kishiga oshib, 810 ming 467 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada COVID-19 tufayli so’nggi bir kunda 162 kishi vafot etdi. Shu bilan mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 34 ming 210 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni so’nggi bir kunda 41 ming 622 kishiga oshib, 999 ming 43 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda 24 oktyabrdan boshlab komendantlik soati joriy etilgan shahar soni 54 nafarga chiqdi. Bu 46 mln aholini o’z ichiga oladi. Fransiya bosh vaziri Jean Castex pandemiyaning tarqalish darajasi o’ta jiddiy ekanligini ma’lum qildi. Parijdagi shifoxonalarda reanimatsiya bo’limlarining 54 foizi to’lgan vaziyatda.

Gretsiyada virus qurbonlari soni 548 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 28 ming 216 mingdan oshdi. Bosh vazir Kiryakos Michotakis Afina, Selanik va boshqa virus keng tarqalgan shaharlarda mahalliy vaqt bilan soat 00:30dan 05:00ga qadar komendantlik soati rojiy etilishini ma’lum qildi.

Ba’zi davlatlarda COVID-19 tufayli qurbınlar soni quyidagicha;

Braziliya (155 ming 962), Meksika (87 ming 894), Italiya (36 ming 968), Peru (33 ming 984), Kolumbiya (29 ming 636), Argentina (27 ming 957), Chili (13 ming 792), Ekvator (12 ming 500), Belgiya (10 ming 588).


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar