Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 123 mingdan oshdi

Koronavirus epidemiyasining tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini boshlandi.

1512563
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 123 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 123 ming 130 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 40 mln 657 ming 785 nafarni tashkil qilmoqda. 30 mln 361 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 225 ming 222 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 8 mln 456 ming 653 kishini tashkil qilmoqda.

Koronavirus epidemiyasining tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini boshlandi.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Ispaniyada so’nggi uch kunda COVID-19 tufayli 217 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 33 ming 992 kishiga yetdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 37 ming 889 ta yangi holat qayd etildi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 974 ming 449 mingdan oshdi.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 19 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab ularning umumiy soni 2198 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 1949 ta yangi holat qayd etildi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 101 ming 860 mingdan oshdi.

Ba’zi davlatlarda COVID-19 tufayli qurbınlar soni quyidagicha;

Braziliya (154 ming 226), Meksika (86 ming 338), Buyuk Britaniya (43 ming 726), Italiya (36 ming 616), Peru (33 ming 820), Fransiya (33 ming 623), Kolumbiya (29 ming 102), Argentina (26 ming 716), Chili (13 ming 676), Ekvator (12 ming 395), Belgiya (10 ming 443).

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar