Dunyoda, o‘ziga Covid – 19 yuqtirib olganlar soni 37 million 754 ming nafarni ortda qoldirdi

Dunyoda, o‘ziga  yangi turdagi koronavirus ya'ni Covid – 19 virusi yuqtirib olganlar soni 37 million 754 ming nafarni ortda qoldirdi.

1507217
Dunyoda, o‘ziga Covid – 19 yuqtirib olganlar soni 37 million 754 ming nafarni ortda qoldirdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 81 ming, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 37 million 754 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 28 million 361 ming nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiyaning epitsentri hisoblangan Amerika Qo’shma Shtatlarida Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni 219 ming 695, bemorlar soni esa 7 million 991 ming nafarga yetdi.

Pandemiyaning Yevropadagi epitsentri Britaniyada virusdan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 65 nafarga ortgan holda 42 ming 825, o’ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 12 ming 872 nafarga ko’paygan holda 603 ming 716 nafarga chiqdi. Hukumatning sog’liqni saqlash tarmog’idagi maslahatchisi professor doktor Peter Horby, “britaniya holat sonidagi otishlar va kasalxonaga qilingan murojaatlardagi ortishlar yuzasidan xavfda. Karantina jarayoni kiritilishi mumkin. Shunday ekan bunday ehtimoldan qochish uchun hamma qo’lidan kelganini qilish lozim.” dedi.

Braziliyada pandemiya yuzasidan vafot etganlarning soni 150 ming 506 nafarga, holat soni esa 5 million 94 ming nafarga yetdi.

Covid – 19 dan 83 ming 781 o’lim qayd etilgan Meksikada holat soni 817 ming 503 nafar bo’ldi. 

Italiyada pandemiya tufayli 36 ming 166 kishi vafot etdi. Mamlakatda holat soni ham 385 ming 950 den qayd etildi.

Fransiyada Covid – 19 yuzasidan vafot etganlarning soni 32 ming 683, o’ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 734 ming 974 ga yetdi.

Pandemiya tufayli 32 ming 929 kishi vafot etgan Ispaniyada holat soni 890 ming 367 ga chiqdi.

 



Aloqador xabarlar