Putin, Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirdi

Putin, Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar ustidan Ozarbayjon va Armaniston Tashqi Ishlar vazirlarini poytaxt Moskvaga taklif qildi.

1505839
Putin, Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Armaniston tomonidan bosib olingan Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar ustidan Ozarbayjon va Armaniston Tashqi Ishlar vazirlarini poytaxt Moskvaga taklif qildi.

Kreml tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Putin telefon orqali bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan. Natijada Putin mayitlar bilan asirga olinganlarning almashuvi uchun insoniy sabablarga ko‘ra Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirgan.

Bayonotda shuningdek,

“Ozarbayjon va Armaniston Tashqi Ishlar vazirlari Rossiya Tashqi Ishlar vazirining o‘rtamchiligida bu masalalarda ishtirok etish uchun 9 – oktabrda (bugun) Moskvaga taklif qilinmoqda.” deyildi.



Aloqador xabarlar