JSST, ba’zi davlatlarga koronavirusni aniqlaydigan test to‘plami tarqatmoqchi

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti, kam va o‘rta daromadga ega davlatlarga koronavirusni aniqlaydigan test to‘plami tarqatmoqchi.

1499397
JSST, ba’zi davlatlarga koronavirusni aniqlaydigan test to‘plami tarqatmoqchi

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus, yangi turdagi koronavirusni tez aniqlaydigan 120 million test to‘plamini kam va o‘rta daromadga ega davlatlarga yuborish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Tedros Adhanom Ghebreyesus, JSSTning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida videokonferensiya yo‘li orqali matbuot anjumani uyushtirdi.

Ghebreyesus unda, JSST va sheriklari tuzgan shartnoma yordamida koronavirusni tez aniqlaydigan test to‘plamini kam va o’rta daromadga ega davlatlarga tarqatmoqchi ekanliklarini bildirdi.  

Koronavirusni tez aniqlovchi test to‘plamining 15 – 20 daqiqada natija berishini eslatib o‘tgan holda,

“Hozirda donasining narxi eng ko‘p 5 AQSh dollari.” degan Ghebreyesus narxining tushishi kutilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.   

Ghebreyesus, ularning dunyoning qaysi davlatlariga tarqatilishi haqida esa hecdh qanday ma’lumot bermadi.



Aloqador xabarlar