Hindistonda oxirgi 24 soatda Covid - 19 dan yana 1054 kishi vafot etdi

Hindistonda oxirgi 24 soatda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan yana 1054 kishi vafot etdi.

1490766
Hindistonda oxirgi 24 soatda Covid - 19 dan yana 1054 kishi vafot  etdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 932 ming 810, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 29 million 450 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 21 million 281 ming nafarni ortda qoldirdi.

Hindistonda oxirgi 24 soatda yana 1054 kishining vafot etishi bilan Covid – 19 dan qurbonlarining umumiy soni 80 ming 776, holat soni esa 83 ming 809 nafarga ko‘paygan holda 4 million 930 ming 236 nafarga yetdi. Roppa – rosa 5 oy ortidan kecha ochilgan majlisda kamida 25 deputatda Covid – 19 aniqlandi.

O‘lim holati soni 26, o‘ziga virüs yuqtirib olganlar soni 3 ming 528 nafar deb qayd etilgan Iordaniyada hukumat, yangi holat sonidagi ortish yuzasidan vaqtinchalik takror ta’lim markazlari va jome’ masjidlarining bekitilishi haqida qaror qabul qildi. Qaror, payshanba kunidan e’tiboran ikki haftagacha o‘z kuchini yo‘qotmaydi.

Afrikada eng ko‘p Covid – 19 holati kuzatilgan o‘lkalardan Janubiy Afrika Respublikasida, pandemiya yuzasidan vafot etganlarning soni 15 ming 499, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 650 ming 749 nafarga yetdi.  



Aloqador xabarlar