Michotakis: “Taranglik bartaraf qilingudek bo‘lsa Erdo‘g‘an bilan uchrashishga tayyorman.”

Kiryakos Michotakis Selanikda uyushtirilgan matbuot anjumanida, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi taranglik va Turkiya - Gretsiya munosabati haqida bayonotlar berdi.

1489860
Michotakis: “Taranglik bartaraf qilingudek bo‘lsa Erdo‘g‘an bilan uchrashishga tayyorman.”

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis, Turkiya bilan o‘rtadagi taranglik bartaraf qilingudek bo‘lsa unda Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Kiryakos Michotakis Selanikda uyushtirilgan matbuot anjumanida, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi taranglik va Turkiya - Gretsiya munosabati haqida bayonotlar berdi.  

“Oruch Reis” seysmik kemasining Antaliyaga qaytishini “ijobiy tusdagi birinchi qadam” sifatida baholagan Michotakis, vaziyat shunday davom etgudek bo‘lsa Turkiya bilan izlanish formatida, yangi muzokaralarga tayyor ekanligini qayd etdi.

Michotakis, muzokaraning boshlashini umumiy iqlimga bog‘liq ekanini eslatib o‘tgan holda,

“O‘tmishda ham ijobiy tusda qadamlar tashlandi lekin undan keyin salbiy qadamlar ham” degan iddiolarga o‘rin berdi.

Michotakis shuningdek, “Egey orollarining qurollantirilishi haqidagi gaplarning noto‘g‘ri ekanligini, buning muzokaralarda ham qo‘lga olinmaganligi, hatto olinmasligini” iddio etdi.  

Michotakis, Prezident Erdo‘g‘an haqidagi savollarga qarshi,

“Taranglik bartaraf qilingudek bo‘lsa Erdo‘g‘an bilan uchrashishga tayyorman.” degan so‘zlar bilan javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, ikkala mamlakat o‘rtasida 2002 – yili boshlatilgan muzokaraning oxirgisi, 2016 – yilning 1 – marti kuni Afinada bo‘lib o‘tdi. Ana shundan beri ikka o‘lka o‘rtasidagi uchrashuvlar, siyosiy muzokaralar formatida davom etishiga qaramay izlanish doirasiga qaytmagandi.



Aloqador xabarlar