Nepalda yuz bergan suv toshqinlarida qurbonlar soni 314 nafarga yetdi

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Tegishli vakillar qurbonlar sonining ortishidan xavotirda.

1490165
Nepalda yuz bergan suv toshqinlarida qurbonlar soni 314 nafarga yetdi

 

Nepalda kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida tuproq ko’chkisi yuz berdi.

Ko’chki oqibatida 12 kishi halok bo’lgan, kamida 21 kishi bedarak yo’qolgan.

Poytaxt Katmanduda joylashgan uchta qishloqni suv bosgan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Tegishli vakillar qurbonlar sonining ortishidan xavotirda.

Eslatish joizki, Nepal xalqi iyun oyidan buyon davom etib kelayotgan musson yomg’irlari va ortidan yuzaga kelgan sel va suv toshqinlariga qarshi kurashmoqda. Mamlakatda tabiiy ofatlar tufayli qurbonlar soni 314 nafarga yetdi.

Nepal hukumati falokatlarda bedarak yo’qolgan 13 kishi hamon qidirilayotganligini, 160 kishi qutqarilganligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #suv toshqinlari , #sel , #Nepal

Aloqador xabarlar