Kanelli, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyatni baholar ekan Turkiyaning ba’zi jihatlarini tan oldi

Gretsiyalik deputat Kanelli, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyatni baholar ekan ayni vaqtda Turkiyaning ba’zi jihatlarini tan oldi.

1486295
Kanelli, Sharqiy O‘rta yer dengizidagi vaziyatni baholar ekan Turkiyaning ba’zi jihatlarini tan oldi

Gretsiyalik deputatlardan Liana Kanelli, telekanal dasturlardan birida ishtirok etar ekan unda Gretsiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida Fransiyaga ishonishining noto‘g‘ri ekanligini qayd etgan holda,

“Erdo‘g‘an strategik ong, Turkiya esa mintaqaviy super kuch” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Gretsiyada Kommunist partiya a’zolaridan deputat Liana Kanelli, SKAI telekanalining “Ateriastus” dasturida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyatni baholadi.

Kanelli unda, Turkiyaning ba’zi jihatlarini tan olgan holda,

“Erdo‘g‘an strategik ong, Turkiya esa mintaqaviy super kuch. Shunday ekan Fransiyaga ishonishlik bilan hato qilyapmiz.” dedi.

Kanelli shuningdek,

“Hech kim bizni yaxshi ko‘rgani uchun kelmayapdi Gretsiyaga. Grek manfaatlari uchun o‘lmayapdi ham.” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Bosh vazir Kiryakos Michotakis hukumatining Sharqiy O‘rta yer dengizi siyosatini tanqid ostiga olgan gretsiyalik deputat,

“Ba’zilari Gretsiya, Fransiya ittifoqi ustidan shirolar aytmoqda. Vaqtida Fransiya Prezidenti Giskard d’Estaingning bu yerga (Gretsiyaga) kelishi uchun oldidagi daraxtlarni kesayotgandik.” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar