Pokistondagi sel falokatida 24 kishi halok bo’ldi

Kuchli yog’ingarchiliklar ayniqsa, Svat vodiyida tuproq ko’chkisiga sabab bo’lgan. Vodiyga kelgan o’nlab sayyohlar qutqarilgan. Hududda ko’plab uy zarar ko’rgan, transport yo’llari to’silgan.

1484153
Pokistondagi sel falokatida 24 kishi halok bo’ldi

 

Pokiston shimoli-g’arbida joylashgan Hayber Pahtunhva viloyatida sodir bo’lgan sel falokatida 24 kishi halok bo’ldi, 30dan ortiq kishi jarohatlandi.

Tabiiy ofatlarni boshqarish bo’yicha agentlik kotibi Temur Xon ma’lum qilishicha, kuchli yog’ingarchiliklar ayniqsa, Svat vodiyida tuproq ko’chkisiga sabab bo’lgan. Vodiyga kelgan o’nlab sayyohlar qutqarilgan. Hududda ko’plab uy zarar ko’rgan. Sel va ko’chkilar tufayli transport yo’llari to’silgan.

Hukumat seldan zarar ko’rgan hududlarda qurbonlar soni ortishidan xavotirda.


Tanlangan kalimalar: #sel , #Pokiston

Aloqador xabarlar