Gretsiya qurolli kuchlarini rivojlantirish uchun 10 mlrd evro byudjet ajratiladi

Gretsiya prezidenti Yorgos Gerapetritis davlat qurolli kuchlari va qurol industriyasini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar doirasida bir qator mamlakatlar bilan aloqa o’rnatilganligini ma’lum qildi.

1483248
Gretsiya qurolli kuchlarini rivojlantirish uchun 10 mlrd evro byudjet ajratiladi

 

Gretsiya hukumati qurolli kuchlarni rivojlantirish uchun 10 mlrd evro byudjet ajratishni rejalashtirmoqda.

Yunon mulozimlari ma’lum qilishicha, fransiya va boshqa davlatlar bilan qurol savdosi bo’yicha muzokaralar davom etmoqda. Muzokaralar 10 sentyabrda Korsika orolida amalga oshiriladi va uning Yevroittifoqqa a’zo O’rta yer dengizi davlatlari sammitigacha yakunlanishi ko’zda tutilmoqda.

Gretsiya prezidenti Yorgos Gerapetritis davlat qurolli kuchlari va qurol industriyasini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar doirasida bir qator mamlakatlar bilan aloqa o’rnatilganligini ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Fransiyadan harbiy samolyot xarid qilish uchun hozircha biron shartnoma tuzilmagan, biroq muzokaralar davom etmoqda. Maqsad Gretsiya qurolli kuchlarini modernizatsiyalash va uning qobiliyatini oshirishdir.

Yorgos Gerapetritis ayni vaqtda Gretsiya Turkiya bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalarini yo’lga qo’yish tarafdori ekanligini, shu sababli munosabatlarni to’xtatmaslik kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq, yunon matbuotida Afina hukumati Fransiyadan “Rafale” harbiy samolyoti bilan “Belharra” harbiy kemasini xarid qilish maqsadida muzokara olib borayotganligi yozilgandi.

Gretsiya moliya vaziri Xristos Staikuras Gretsiya qurolli kuchlarini rivojlantirish uchun katta miqdorda byudjet ajratishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar