BAA yamanlik yollangan askarlarni Liviyaga yubordi

BAA yamanlik 40ta askarni Vagnerga qarashli yollangan askarlar safida jang qilish uchun Liviyaga yuborgan. BAA ushbu yollangan askarlarning har biriga oyda 5 ming riyal (taxminan 1300 dollar) to’laydi.

1477919
BAA yamanlik yollangan askarlarni Liviyaga yubordi

 

BAA yamanlik 40ta yollangan askarni Liviyaning amaldagi milliy kelishuv hukumatiga qarshi jang qilish uchun Liviyaga yubordi.

Bu haqda mamlakat janubida Husiylarga qarshi kurashayotgan jangari kuchlar qo’mondoni Odil al-Xasaniy twitter va facebook orqali ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, BAA yamanlik 40ta askarni Vagnerga qarashli yollangan askarlar safida jang qilish uchun Liviyaga yuborgan. Ular Sirte viloyatiga yetib kelishgan. BAA ushbu yollangan askarlarning har biriga oyda 5 ming riyal (taxminan 1300 dollar) to’laydi.

Yollangan askarlar asosan, Yaman janubidagi Dali va Lahich shaharlaridan kelgan.

Odil al-Xasaniyning so’zlariga ko’ra, BAA Yamandagi josuslarini jang qilish uchun boshqa davlatlarga yubormoqda.

BAA yoki Yaman hukumati mavzu haqida biron rasmiy izoh bildirilmadi.

Eslatish joizki, "The Guardian" gazetasi 2019 yilning dekabr oyidagi sonida BAA Liviya sharqidagi Xalifa Xaftar yetakchiligidagi armiya safida jang qilish uchun Liviyaga yuborilgan yollangan askarlarni pul bilan ta’minlab kelganini yozgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #yollangan askar , #Liviya , #BAA

Aloqador xabarlar