Liviyada ikki million kishi tezlik bilan gumanitar yordamga muhtoj

Liviyada ikki million kishi tezlik bilan gumanitar yordamga muhtoj va hatto urushdan ziyon ko‘rganlar va yordamga muhtojlar sonidagi ortishning davom etishi aytilmoqda.

1476550
Liviyada ikki million kishi tezlik bilan gumanitar yordamga muhtoj

Poytaxt Tripolidagi nodavlat notijorat tashkilotning 19 – avgust kuni Jahon Gumanitar yordam kuni munosabati bilan bergan bayonotiga ko‘ra, Liviyadagi to‘qnashuvlardan keyin ziyon ko‘rganlar soni avvalgiga qaraganda judayam ortgan. Eng yomoni mamlakat bo‘ylab gumanitar yordamga muhtojlar soni 2 million deb qayd etilgan.

Bayonotda, urushdan ziyon ko‘rganlar va yordamga muhtojlar sonidagi ortishning davom etishi ham ta’kidlandi.

Liviya inqirozidagi tomonlarga ham murojaat qilingan bayonotda, gumanitar yordam faoliyati olib borgan mahalliy va xalqaro tashkilotlarning hurmat qilinishi, sog‘likni saqlash va yordam beruvchi guruh faoliyatlariga to‘siqlik qilinadigan harakatlardan uzoq turib, kerakli birdamlikning ko‘rsatilishi talab qilindi.

Afrikaning neftga boy o‘lkasi Liviya, 2011 – yili boshlagan ichki urush ortidan, o‘lkaning sharqidagi norasmiy qurolli kuchlar lideri Xalifa Hafter kuchlarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan qonuniy Liviya hukumatiga qarshi oxirgi yillarda olib borgan urush tufayli shiddat girdobiga tortildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #ichki urush , #gumanitar yordam

Aloqador xabarlar