Gretsiya bosh vaziri maslahatchisi Aleksandros Diakopulos iste'foga chiqdi

Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakisning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Aleksandros Diakopulosning iste’fosi qabul qilindi.

1475978
Gretsiya bosh vaziri maslahatchisi Aleksandros Diakopulos iste'foga chiqdi

 

Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakisning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Aleksandros Diakopulos Turkiyaning “Oruch Reis” seysmik tadqiqot kemasining sharqiy O’rta yer dengizidagi faoliyati haqidagi so’zlaridan so’ng iste’foga chiqdi.

Aleksandros Diakopulos sharqiy O’rta yer dengizida tadqiqot olib borayotgan Turkiyaning “Oruch Reis” nomli seysmik tadqiqot kemasi haqida aytgan so’zlari Gretsiya hukumatiga muammo yaratganligiga e’tibor qaratdi.

“Hech qachon bunday niyatim yo’q edi, bunga qaramay aytgan so’zlarim muammoga sabab bo’ldi. Bosh vazirga va hukumatga muammo keltirdi. Javobgarlikni bo’ynimga olaman va iste’fo etaman”,-deydi u o’z maktubida.

Yunon rasmiy xabar agentligi ANA ma’lum qilishicha, Aleksandros Diakopulosning iste’fosi Gretsiya bosh vaziri Michotakis tomonidan qabul qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, Diakopulos matbuotga bergan intervyusida Turkiyaning “Oruch Reis” seysmik tadqiqot kemasi Gretsiya dengiz shelfida tadqiqot olib borayotganligini va hududni ishoratlaganligini aytgandi.

Diakopulosning bu so’zlari hukumatni qiyin ahvolga solgach, “So’zlarim noto’g’ri tushunildi. Turkiyaning seysmik tadqiqot kemasi tekshiruv o’tkazishga urindi, biroq faoliyatlarni yarmida to’xtatdi” shaklida o’zini vaziyatdan qutqarishga uringandi.

Gretsiya hukumatida jiddiy muammoga sabab bo’lgan Diakopulosning so’zlari tufayli muxolif partiyalar bosh vazir Michotakis hukumatini xalqni aldaganlikda ayblab, tanqid qilgandi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar