Kigalida 1994 – yildagi qatliomdan qolgan ikkita ommaviy mozor topildi

Ruanda poytaxti Kigalida 1994 – yildagi qatliomdan qolgan ikkita ommaviy mozor topildi.

1475068
Kigalida 1994 – yildagi qatliomdan qolgan ikkita ommaviy mozor topildi

Ruanda poytaxti Kigalida 1994 – yildagi qatliomdan qolgan ikkita ommaviy mozor topildi.

Qatliomdan qutilganlarning eng muhim tashkiloti IBUKA uyushmasi rahbari Masengo Rutayisira, jurnalistlarga bergan bayonotida, qatliomda yetakchi rol o‘ynagan Interahamve qurolli guruhi sobiq a’zolaridan birining eski uyining orqa tomonidan 2 ta ommaviy mozor topilganini qayd etdi.

Bugungacha 100 dan ortiq kishining jasadi chiqarilganligi haqida gapirgan Rutayisira, qurbonlarning uydan bir necha metr uzoqlikda, yo‘l to‘sish natijasida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Ruanda Qatliomga qarshi kurash komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018 – 2019 moliyaviy yil natijasida o‘lkaning turli burchaklarida qariyb 118 ming kishining jasadi topildi.

Xutularning 1994 – yilning aprel oyida tutsilar va mo‘’tadil xutularga qarshi boshlatgan qatliomida qariyb 800 ming ruandalik kishi vafot etgandi.   



Aloqador xabarlar