Dunyoda 15 mlnga yaqin bemor koronavirusdan sog'aydi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 777 480 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 22 mln 52 ming 930 nafarga yetdi. 14 mln 796 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1474795
Dunyoda 15 mlnga yaqin bemor koronavirusdan sog'aydi
süper slide corona dogu.jpg
SÜPER FOTO madagaskar koronavirüs
KORONA SÜPER

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 777 480 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 22 mln 52 ming 930 nafarga yetdi. 14 mln 796 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 173 716 nafarga yetdi.  Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 5 mln 612 mingdan ko’proq.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 684 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab ularining umumiy soni 108 ming 654 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 363 ming 235 nafarni tashkil qilmoqda.

Meksikada virus qurbonlarining umumiy soni 57 000dan oshdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 525 733 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada sog’liqni saqlash vazirligi COVID-19 tufayli so’nggi bir haftada 54 kishi vafot etganligini ma’lum qildi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 28 ming 646 nafarni tashkil qilmoqda. Vazirlikning ma’lumotiga ko’ra, juma kunidan buyon virusga chalinganlar sonida 16 mingdan ko’proq ortish kuzatilgan.

Ba’zi davlatlarda koronavirus tufayli vafot etganlar soni quyidagicha;

Italiya (35 400), Fransiya (30 429), Peru (26 481), Kolumbiya (15 372), Chili (10 513), Belgiya (9944), Germaniya (9296), Kanada (9032), Ekvator (6083), Shvetsiya (5787), Argentina (5814).

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar