Isroil va BAA tashqi ishlar vazirlari muloqot qildi

Bu 13 avgustda ikki mamlakat o'rtasidagi diplomatik aloqalarni to'liq normallashtirishga xizmat qiladigan bitimning imzolanishi ortidan tashqi ishlar vazirlari o’rtasida amalga oshirilgan birinchi muloqot bo’ldi.

1474076
Isroil va BAA tashqi ishlar vazirlari muloqot qildi

 

BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Abdulloh bin Zayd Al Nahyan bilan Isroil tashqi ishlar vaziri Gabi Ashkenazi telefon orqali muloqot qildi.

Bu 13 avgustda ikki mamlakat o'rtasidagi diplomatik aloqalarni to'liq normallashtirishga xizmat qiladigan bitimning imzolanishi ortidan tashqi ishlar vazirlari o’rtasida amalga oshirilgan birinchi muloqot bo’ldi.

Bu haqda BAAga tegishli WAM xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, tashqi ishlar vazirlari suhbat chog’ida avvalo tarixiy bitimning imzolangani munosabati bilan bir-birini tabrikladi.

Ikki vazir mintaqaviy tinchlik va barqarorlik o’rnatish uchun imzolangan bitimni darhol amalga oshirish xususida qat’iy ekanligini ma’lum qildilar.

Eslatish joizki, AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari tarixiy kelishuvga erishganligini twitterdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgandi.

Shu munosabat bilan yaqin kunlarda ikkala mamlakat investitsiya, turizm, aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, xavfsizlik, telekommunikatsiya, texnologiyalar, energetika, sog‘liqni saqlash, madaniyat, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha bir qator kelishuvlarni imzolashadi. Bundan tashqari, har ikkala mamlakatda elchixonalar ochiladi.

Ta’kidlash joizki, BAA shu paytgacha Isroil davlatini  tan olmasdan kelayotgandi. Shu tufayli, bu kunga qadar ikkala mamlakat o‘rtasida diplomatik va iqtisodiy munosabatlar bo‘lmagandi. 

 


Tanlangan kalimalar: #bitim , #BAA , #Isroil

Aloqador xabarlar