Hindistonning Kerala shtati suv toshqinlariga qarshi kurashmoqda
Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, shtatning asosan Idukki hududiga ta’sir ko’rsatgan kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida ko’chki yuz bergan. Voqeada 5 kishi halok bo’lgan.
1468872
Hindistonning Kerala shtatida kuchli yog’ingarchilik oqibatida ko’chki sodir bo’ldi. Ko’chki oqibatida 5 kishi halok bo’ldi.
Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, shtatning asosan Idukki hududiga ta’sir ko’rsatgan kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida ko’chki yuz bergan.
Tegishli vakillarning ma’lum qilishicha, voqeada 5 kishi halok bo’lgan.
Hududda 80dan ortiq inson qutqarilishni kutmoqda. Ularning hayotini saqlab qolish uchun qidiruv-qutqaruv guruhi safarbar etilgan. 10 kishi qutqarilgan, taxminan 2 ming kishi evakuatsiya qilinib, tez yordam ko’rsatish lagerlariga joylashtirilgan.