JSST, Covid-19ga qarshi vaktsinaning topilmaslik ehtimoli ham borligini qayd etdi

JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus online tarzda uyushtirilgan matbuot anjumanida bergan bayonotida, Covid – 19 ga qarshi dori masalasiga to‘xtaldi.

1466998
JSST, Covid-19ga qarshi vaktsinaning topilmaslik ehtimoli ham borligini qayd etdi

O‘z faoliyatini Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida davom ettirgan Jahon Sog‘likni Saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus muhim bayonotlar berdi. Ghebreyesus unda, dunyo miqyosida 18 milliondan ortiq Covid – 19 holati qayd etilganini va eng yomoni, uni yo‘q qila oladigan dorining topilmaslik ehtimoli ham borligini bildirdi.

JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Ghebreyesus online tarzda uyushtirilgan matbuot anjumanida bergan bayonotida Covid – 19 ga qarshi dori masalasiga to‘xtalar ekan bu haqida, Covid-19 ni yo‘q qila oladigan dorining topilmasligi ham mumkinligini va shu bois ham oddiy hayot sharoitiga qaytish yo‘lining ham balki hali hanuz uzoqligini qayd etdi.

Ghebreyesus shunday ekan niqob taqish, ijtimoiy masofa, qo‘llarni muntazam ravishda yuvish va testdan o‘tishning alohida o‘ringa ega ekanligini eslatib o‘tar ekan, “Bir necha vaktsina hozirning o‘zida uchinchi klinik testdan o‘tkazilyapdi. Umid qilamizki bu vaktsinalar insonlarning kasallanishiga monelik qiladi. Lekin hozir vaktsina yo‘q va (bu yo‘qlik) ancha davom etishi mumkin” degan ifodalarga o‘rin berdi.   

Ghebreyesus, onalarga murajaat qilib shunday dedi:

“O‘ziga Covid-19 yuqtirib olgan onalar, bolalarini emizishlari kerak. Chunki emizishning foydalari, infektsiya xavfidan kuchliroqdir.”



Aloqador xabarlar