BMT, Ozarbayjon bilan Armaniston masalasida ogohlantirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi to‘qnashuvning falokat bilan natijalanishi mumkinligi borasida ogohlantirdi.

1459043

BMT Bosh kotibi Matbuot xizmati kotibi Stephane Dujarric, kundalik matbuot brifingida, Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida yuz bergan taranglikni katta tashvish bilan kuzatganliklarini qayd etdi.

Ozarbayjon bilan Armanistonni o‘zini tiyishga chaqirgan Dujarric,

“Ikkala mamlakat o‘rtasidagi katta to‘qnashuv, falokatga yo‘l ochadi” dedi.  

Eslatib o‘tamiz Armaniston armiyasi 12 – iyul kuni chegaraning Tovuz mintaqasida Ozarbayjon mavzelariga qarshi hujum uyushtirgandi. Bunga Ozarbayjon armiyasi javob tariqasida o‘q uzar ekan, natijasida yo‘qotishlarga duch kelib shu jumladan 4 askari jon berib, 4 askari tan jarohati olgan.

Keyingi kunlarda davom etgan to‘qnashuvlarda esa Ozarbayjon armiyasidan biri general – mayor bo‘lish bilan birga 8 askar jon bergan.

Aloqador xabarlar