Pandemiyaning epitsentriga aylangan AQShda o‘lim holati 142 ming 64 nafar deb qayd etildi

Covid - 19 pandemiyasining epitsentriga aylangan Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘lim holati 142 ming 64 nafar deb qayd etildi.

1457369
Pandemiyaning epitsentriga aylangan AQShda o‘lim holati 142 ming 64 nafar deb qayd etildi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 599 ming 828, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 14 million 211 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 8 million 484 ming nafarni ortda qoldirdi.

Roppa – rosa 142 ming 65 kishining vafot etishi, 3 million 770 ming kishining o‘ziga virus yuqtirib olishi bilan pandemiyaning epitsentriga aylangan Amerika Qo‘shma Shtatlarida Donald Trump, Covid – 19 ga qarshi kurash chora va tadbirlari doirasida mamlakatda niqob kiyish majburiyatini tasdiqlamoqchi emasligini bildirdi. Insonlarning ma’lum erkinlikka ega bo‘lishi haqidagi istagini belgilab o‘tgan Trump, niqob taqishning sog‘likni saqlash jihatidan boshqa muammolarga yo‘l ochish ehtimoli borligini qayd etdi. Covid – 19 holatlari ko‘paygan Utah shtatida esa ota – onalar niqobsiz ishtirok etadigan yig‘ilish bekor qilindi. AQSh yetakchisining, holat sonlaridagi ortishga qaramay oddiy hayot sharoitiga qaytishda oyoq tirashiga qarshi Oq saroy bilan Covid – 19 ga qarshi kurash faoliyat kuchining, ba’zi shtatlarni ogohlantirgani haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida o‘rin oldi. Unga ko‘ra Oq saroy, 18 shtatdagi holat ortishlari tufayli u yerlarni “qizil hudud” deb e’lon qilgan. Qizil hududdagi shtatlarda barlar va sport zallarini takror bekitish va 10 dan ortiq kishining bir joyga yig‘ilishi man etilgan.

Covid – 19 pandemiyasidan eng ko‘p ziyon ko‘rgan ikkinchi davlat Braziliyada esa virus yuzasidan o‘lim holati soni 77 ming 932 nafarga, holat soni esa 2 million 48 ming nafarga yetdi.

Meksikada oxirgi bir kunda vafot etganlar soni 736 nafarga ortgan holda 38 ming 310 nafarga, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 7 ming 257 nafarga ko‘paygan holda 331 ming 298 nafarga yetdi. Oaxaka shtatiga qarashli Tukstepek shahri hokimi San Juan Bautista Covid – 19 dan vafot etdi.

Pandemiyaning Yevropadagi epitsentri Britaniyada oxirgi 24 soatda Covid – 19 dan 114 kishi vafot etdi. Bu orqali o’lim holati 45 ming 233 nafarga yetdi. Holat soni esa 687 nafarga ko‘paygan holda 293 ming 239 nafar deb qayd etildi. Sog‘likni Saqlash vaziriligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Covid – 19 o‘lim holati haqida kundalik ma’lumot berish ishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Italiyada oxirgi 24 soatda yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etganlar soni 11 nafarga ko‘paygan holda 35 ming 28 nafarga yetdi. Faol holat soni 12 ming 456 nafar deb qayd etilgan o‘lkada, bir kunda yana 233 kishi o‘ziga virus yuqtirib oldi.  

Fransiyada pandemiya yuzasidan oxirgi bir kunda 14 kishining vafot etishi bilan o‘lim holati soni 30 ming 152 nafarga, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 836 nafarga ortgan holda 207 ming 978 nafarga yetdi. Bosh vazir Jean Kasteks, “France 2” kanalidagi bayonotida, pandemiyaning mamlakatda haligacha xavf tashkil etganini belgilab o‘tgan holda fransuzlarni, ijtimoiy masofaga amal qilish va niqob taqish masalasida ogohlantirdi. Mamlakatda dushanba kunidan e’tiboran yopiq maydonlarda niqob taqish majburiy tus oladi.



Aloqador xabarlar