AQShning Arizona shtatida politsiya zo'ravonligi tufayli yana bir kishi vafot etdi

AQShning Arizona shtatida lotin amerikalik bir kishining qo’lida kishan bilan hayotdan ko’z yumishi e’tirozlarga sabab bo’ldi.

1445948
AQShning Arizona shtatida politsiya zo'ravonligi tufayli yana bir kishi vafot etdi

 

AQShning Arizona shtatida lotin amerikalik bir kishining qo’lida kishan bilan hayotdan ko’z yumishi e’tirozlarga sabab bo’ldi.

O’tgan oy afroamerikalik Jorj Floydning o’limidan so’ng boshlangan namoyishlar davom etar ekan, bu safar Arizonada lotin amerikalik bir kishining qo’lida kishan bilan hayotdan ko’z yumishi takror e’tirozlarga sabab bo’ldi.

Taxminan ikki oy avval Arizonaning Tucson shahrida sodir bo’lgan ushbu voqeaning video tasvirlari paydo bo’ldi.

Tasvirlarda 21 aprelda Karlos Ingram Lopez ismli bir kishining uyiga oilaviy janjal tufayli 3ta politsiyachi kelgani aks etgan.

Shuningdek, garajga yashiringan Lopezning qo’liga kishan solingani va u yalang’och bo’lgani sababli plastik choyshab bilan o’ralgani kuzatiladi. Bu jarayonda jismoniy bosimga uchragan Lopez suv so’rab yalinadi.

Taxminan 12 daqiqa davom etgan bu jarayondan so’ng, uning xushidan ketgani kuzatiladi. Voqea joyiga darhol tez yordam chaqiriladi, biroq Lopez yuraj xuruji sababli vafot etgani aniqlanadi.

27 yoshli Lopezning o’lim sababi politsiya tomonidan jismoniy zo’ravonlik qo’llanilishi va organizmida narkotik modda tufayli yurak xurujidan kelib chiqqani qayd etildi.

Ushbu voqeada ishtirok etgan 3 nafar politsiyachi iste’foga chiqqan bo’lib, jinoiy ish yuzasidan Federal tergov byurosi tergov-surishtiruv harakatini olib bormoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jorj Floyd , #namoyish , #Arizona , #AQSh

Aloqador xabarlar