Hindiston Ladakx hududida harbiy lager qurmoqda

"Times of India" gazetasining xabariga ko’ra, rasmiylar Xitoy qirg’in samolyotlari va vertolyotlaridan keladigan har qanday zararni oldini olish maqsadida hududga Hindiston armiyasining mudofaa tizimlari joylashtirilganligini ilgari surmoqda.

1444746
Hindiston Ladakx hududida harbiy lager qurmoqda

 

 

Hindiston Xitoy bilan chegarada yuz bergan to’qnashuvdan so’ng, Ladakx hududida harbiy lager qurmoqda. Shuningdek,  Ladakx hududiga zenit raketa majmuasini joylashtirdi.

"Times of India" gazetasining xabariga ko’ra, rasmiylar Xitoy qirg’in samolyotlari va vertolyotlaridan keladigan har qanday zararni oldini olish maqsadida hududga Hindiston armiyasining mudofaa tizimlari joylashtirilganligini ilgari surmoqda.

Hindistonning bu qarori Xitoyning chegaraga harbiy aviatsiya, jumladan J-20 stels-qiruvchi samolyotlari, Z-20 vertolyotlari, Wing Loong II dronlari va tog‘ sharoitida jang olib bora oluvchi yengil turdagi Type 99A va Type 15 tanklarini joylashtirganidan keyin olindi.

Eslatish joizki, 16 iyunga o‘tar kechasi Hindiston-Xitoy chegarasida ikki davlat harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergandi. Uning oqibatida hindistonlik 20 harbiy halok bo‘lgandi. Xitoy harbiylarining uch nuqtadan Ladakx hududiga kirishi va u yerga chodir qurishi hamda nazorat punkti tashkil etishi natijasida keskinlik boshlangandi.

Xitoy va Hindiston o’rtasidagi 3500 km lik chegara chizig’ining katta bo’limi ikki davlat o’rtasida talashlarga sabab bo’lgandi.

Pekin hukumati “Janubiy Tibet” deb nomlangan Hindistonning Arunachal Pradesh shtatidagi 90 ming kvadrat kmlik hududda haq talab qilar ekan, Hindiston Aksai Chin hududlarini kamrab olgan 38 ming kvadrat kmlik maydonni Xitoy ishg’ol qilib olganligini ilgari surmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #chegara , #Xitoy , #Hindiston

Aloqador xabarlar