Buyuk Britaniyadagi mushtlashuvda 3 kishi pichoqlandi

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqeaning terrorchilik harakatiga aloqador ekani aniqlandi. Voqeada 3 kishi halok bo’lgan, 3 kishi jarohat olgan.

1440221
Buyuk Britaniyadagi mushtlashuvda 3 kishi pichoqlandi

 

Buyuk Britaniyadagi janjallashuvda 3 kishi pichoqlandi.

Bu voqea kecha, 20 iyunda poytaxt Londonga 60 km uzoqlikdagi Reading shaharchasida ro’y bergan.

Thames Valley politsiya tashkiloti ma’lum qilishicha, ushbu voqea terrorchilik harakatiga aloqador emas. Voqeada 3 kishi halok bo’lgan, 3 kishi jarohat olgan. 25 yoshli bir fuqaro voqea joyida qo’lga olingan. U jinoyatga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarda qo'lga olingan shaxs liviyalik qochqin ekanligi ma'lum qilindi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson tvitterda voqea tufayli dahshatga tushganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Reading , #Buyuk Britaniya

Aloqador xabarlar