Qatar, Tarhunadagi ommaviy mozorlar uchun tergov ishi boshlatilishini talab qildi

Qatar, Liviyaning Tarhuna shahridagi ommaviy mozorlar uchun “mustaqil va shaffof tergov” ishi boshlatilishini talab qildi.

1438490
Qatar, Tarhunadagi ommaviy mozorlar uchun tergov ishi boshlatilishini talab qildi

Qatar, Liviyaning Tarhuna shahrida ommaviy mozorlar topilganini qoralagan holda mas’ullarning aniqlanishi uchun “mustaqil va shaffof tergov” ishi boshlatilishini talab qildi.

Qatarning rasmiy QNA axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra Qatar, Liviyadagi ba’zi tomonlarning vahshiylarcha, shafqatsiz yo‘llar orqali liviyaliklarning qoniga va umr surish haqqiga hurmatsizlik qilganini ta’kidlagan.

Unda Qatarning Tarhuna shahrida ommaviy mozorlar topilganini qoralaganligi va mas’ullarning aqlanishi uchun “mustaqil va shaffof tergov” ishi boshlatilishini talab qilgan davlatlarga sherik ekanligi ifoda etildi.

Aytib o‘tish joizki Tarhunani 5 – iyun kuni mamlakatning sharqidagi noqonuniy qurolli kuchlarning lideri Halifa Hafter jangarilaridan qutqargan Liviya armiyasi, shahardagi bir kasalxonada 106 nafar jasad, 12 – iyunda esa shahar chetida 3 ta ommaviy mozor borligini aniqlagandi.

Liviya Bosh vaziri Fayoz as – Sarroj, Birlashgan Millatlar Tashkilotidan mamlakatning sharqidagi noqonuniy qurolli kuchlar lideri Halifa Hafterga qarashli jangarilar qo‘l urgan jinoyatlarni isbotlash masalasida texnik yordam berilishini talab qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Tarhuna , #ommaviy mozor

Aloqador xabarlar