AQShda irqchilikka qarshi kurash ramziga aylangan Jorj Floyd Xyustonda dafn etildi

AQShning Minnesota shtati poytaxti Minneapolisda 25 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida halok bo‘lgan afroamerikalik Jorj Floyd Xyustondagi memorial Gardens qabristonida, onasi Larcenia Floydning yoniga dafn etildi.

1433123
AQShda irqchilikka qarshi kurash ramziga aylangan Jorj Floyd Xyustonda dafn etildi

 

AQShning Minnesota shtati poytaxti Minneapolisda 25 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida halok bo‘lgan afroamerikalik Jorj Floyd Xyustondagi memorial Gardens qabristonida, onasi Larcenia Floydning yoniga dafn etildi.

AQShda politsiya terroriga qarshi noroziliklar ramsiga aylangan Jorj Floyd xotirasi uchun Minneapolis, Shimoliy Karolina, Texas va Xyustonda vidolashuv marosimlari bo’lib o’tdi.

Minglab insonlar mahrum xotirasiga hurmat bajo keltirishdi va sukut saqlashdi. Vidolashish marosimiga shtat gubernatorlari va boshqa ko’plab oliy martabali mulozimlar ham ishtirok etishdi.

AQShda prezidentlikka nomzodini qo’ygan Joe Biden ham marhum Floydning oilasiga video orqali ta’ziya bildirdi.

“Jorj Floyd uchun adolat qaror topganida, AQShda haqiqatdan ham irqchilikka barham berish yo’lida olg’a qadam tashlagan bo’lamiz”,-deb aytgan Joe Biden.

Dafn marosimida Xyuston meri Sylvester Turner ham ishtirok etdi. U politsiyachilarga bo‘g‘ish usullarini qo‘llashni taqiqlash to’g’risida hujjatni imzolashini ma’lum qildi.

Shuningdek, politsiyada bir qator islohotlar amalga oshirilishini, jumladan qo’lga olinish vaqtida quroldan o’q uzishni taqiqlash kabi bir qator cheklovlar yo’lga qo’yilishini bildirdi.

Eslatish joizki, 46 yoshli qora tanli amerikalik Jorj Floyd 25 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda vafot etgandi. Oq tanli politsiyachi Derek Shovin anchagacha Floydning yuzini tizzasi bilan alfaltga bosgan holda ushlab turgan va oqibatda nafasi bo‘g‘ilgan Floyd jon bergandi. Uch nafar politsiyachi bu voqeani tomosha qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqchilikka qarshi keskin namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan. Taxminan 2 haftadan beri davom etayotgan namoyishlar va ortidan yuzaga kelgan ommaviy tartibsizliklar natijasida politsiyada katta islohotlar amalga oshirilishi talab qilinmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #irqchilik , #AQSh , #Jorj Floyd

Aloqador xabarlar