Burundi Respublikasi prezidenti Pier Nkurunziza vafot etdi

Prezidentning vafoti munosabati bilan Burundida 7 kunlik motam e’lon qilindi. Bayroqlar yarmiga tushirildi.

1432902
Burundi Respublikasi prezidenti Pier Nkurunziza vafot etdi

 

Afrikada joylashgan Burundi Respublikasi prezidenti Pier Nkurunziza 55 yoshida yurak xuruji oqibatida vafot etdi.

Hukumatning ma’lum qilishicha, 55 yoshli Pier Nkurunziza shanba kuni voleybol o’ynagan. O’sha kuni tunda uning ahvoli yomonlashgan va shifoxonaga yotkizilgan. Prezident 8 iyun kuni to’satdan yurak xuruji oqibatida shifoxonada vafot etgan.

“Burundi hukumati mamlakat prezidenti Pier Nkurunziza 8 iyunda shifoxonada yurak xuruji oqibatida to’satdan vafot etganini ma'lum qiladi. Marhum prezident Pier Nkurunzizaning oila a’zolariga va Burundu xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”, -deyiladi hukumat bayonotida.

Prezidentning vafoti munosabati bilan Burundida 7 kunlik motam e’lon qilindi. Bayroqlar yarmiga tushirildi.

Nkurunziza mamlakatni 2005 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. U mamlakatda 20 mayda o’tgan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan voz kechgandi.

Saylovlarda uning yaqin do’sti hukmron partiyasi nomzodi general Evarist Ndayishimiye g’alaba qozongandi. Pier Nkurunziza shu kunlarda prezidentlik lavozimini do’sti Evarist Ndayishimiyega topshirishga tayyorlanayotgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar