Afg’onistonda “Tolibon” harakatiga a’zo 900ta mahbus ozod qilindi

O’tgan hafta, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”ning Ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e'lon qilishiga javoban qamoqxonalardan 2000ga yaqin tolibni ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

1424541
Afg’onistonda “Tolibon” harakatiga a’zo 900ta mahbus ozod qilindi

 

AQSh bilan “Tolibon” harakati o’rtasidagi yarashuv natijasida Afg’oniston qamoqxonalaridagi “Tolibon”ga a’zo 900 nafar mahbus ozod qilindi.

Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik kengashi vakili Javod Faysal matbuotga brifing berdi.

Uning ta’kidlashicha, Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakatining 900 nafar jangarisini qamoqxonalardan ozod qilganini e'lon qilgan. 

Ozodlikka chiqarilgan mahbuslar maxsus tekshiruvdan o’tkazilgan. Ular takror janglarda qatnashmaslik uchun ont ichgan.

Qamoqxonalardagi toliblarni ozod qilish jarayoni davom etadi, ayni vaqtda Afg’oniston hukumati ham Tolibondan qo’lidagi asirlarni qo’yib yuborishini talab qilmoqda.

O’tgan hafta, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”ning Ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e'lon qilishiga javoban qamoqxonalardan 2000ga yaqin tolibni ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Eslatma: shu yilning 29 fevral kuni Dohada AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolangandi.

Bitimga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilari 14 oy ichida Afg‘onistondan harbiylarini olib chiqib ketishi, hukumat esa jami 5000ga yaqin tolibni ozodlikka chiqarishi kerak edi.


Tanlangan kalimalar: #mahbus , #ozodlik , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar