AQSh Rossiyaga 200 ta sun’iy nafas olish jihozi yuboradi

Pompeo: “AQSh Rossiya xalqiga Amerikada ishlab chiqarilgan 200ta sun’iy nafas olish jihozi yuboradi”,-dedi.

1421020
AQSh Rossiyaga 200 ta sun’iy nafas olish jihozi yuboradi

 

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyaga COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda ko’maklashish maqsadida 200 ta sun’iy nafas olish jihozi yuborilishini ma’lum qildi.

Pompeo tvitterda global pendemiyaga qarshi kurashish uchun AQSh tomonidan ko’plab davlatlarga ko’rsatilayotgan yordamlar haqida ma’lum qildi.

AQSh epidemiyaga qarshi kurashishga ko’maklashish bo’yicha “global yetakchi” ekanligini bildirgan Pompeo, 60 davlatga 15 mingta sun’iy nafas olish jihozi yuborish rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

Rossiyaga ham yordam berilishini aytgan Pompeo: “AQSh Rossiya xalqiga Amerikada ishlab chiqarilgan 200ta sun’iy nafas olish jihozi yuboradi”,-dedi.

Rossiya ham o’tgan oyda “AN-124” harbiy yuk samolyotida AQShga tibbiy mahsulotlardan iborat gumanitar yordam yuborgandi.



Aloqador xabarlar