Shveytsariya uchta qo‘shni davlati bilan chegaralarini takror ochmoqchi

Pandemiya Shveytsariyada bugungacha 1870 kishining o‘limiga yo‘l ochdi.

1416947
Shveytsariya uchta qo‘shni davlati bilan chegaralarini takror ochmoqchi

Shveytsariya Federal Kengashi, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasini nazorat ostiga olish maqsadida bekitgan Germaniya, Fransiya va Avstriya chegaralarini 15 – iyunda takror ochish uchun kelishib olinganini ma’lum qildi.

Shveytsariya Federal Kengashidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, 16 – martda e’lon qilingan favqulodda vaziyat ortidan qo‘shni davlatlar bilan bo‘lgan chegaralarining bekitilgani yodga solindi.

Adliya va immigratsiya vaziri Karin Keller – Sutterning uchala davlatning ham ichki ishlar vazirlari bilan mavzu ustidan uchrashuv o‘tkazilganligi qayd etilgan bayonotda, “epidemiologik holatning ruxsat berishi sharti bilan” chegaralarini iyun oyida takror ochish bo‘yicha kelishib olinganligi aytildi.

Bayonotda, Yevropada Covid – 19 dan eng ko‘p ziyon ko‘rgan Italiya bilan chegaralarning qachon ochilishiga to‘xtalib o‘tilmasligi esa e’tiborlarni o‘ziga qaratdi.

Pandemiya Shveytsariyada bugungacha 1870 kishining o‘limiga yo‘l ochdi.



Aloqador xabarlar